Bosh sahifa / Maslahatlar
Foydali

Kredit olishdan oldin bilib qo'ying

Mutaxassislarimiz videolarda aytib o'tgan eng muhim maslahatlar.

  • Foizga emas — jami summaga qarang. Ko'pchilik faqat foiz stavkasiga yopishib oladi. Aslida eng muhimi — jami qaytariladigan summa va oylik to'lov hajmi.
  • Daromadingizni real baholang. Bugungi daromadga qarab kredit olish xato — ertangi barqarorlikni ham hisobga oling.
  • Kechikishga jiddiy qarang. Har bir kechiktirilgan to'lov kredit tarixingizga ta'sir qiladi.
  • "Zapret" (kredit taqiqi) qo'ygan bo'lsangiz — hattoki mikroqarz ham rasmiylashmaydi. Taqiqni maxsus ilova orqali o'zingiz olib tashlashingiz mumkin; qanday qilishni konsultatsiyada ko'rsatib beramiz.
  • Yangi avtomobilmi — avtokredit, bozordan bo'lsa — iste'mol krediti. Avtokreditda pul avtosalonga o'tadi, iste'mol kreditida esa naqd pul qo'lingizga beriladi.
  • Kredit tarixingiz tekshiriladi. Talablarga javob bersangiz, katta summalarni ham bir kunda rasmiylashtirish mumkin.
  • O'zingizga ikki savol bering: "Bu menga chindan keraklimi?" va "To'lay olamanmi?" — javob topa olmasangiz, shoshilmang.

Savolingiz qoldimi?

Bepul konsultatsiyada har bir holatni alohida ko'rib chiqamiz.

Bog'lanish